Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbekistonda kreativ ta’limni rivojlantirish

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida 2023-yilning 16-oktabr kuni Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakultetida “O‘zbekistonda kreativ ta’limni rivojlantirish yo‘llari” mavzusida TDSHU ning xorijlik o‘qituvchisi Muhammad Ramzan Alining ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ma’ruzada Muhammad Ramzan Ali kreativ ta’lim, uning dolzarbligi va O‘zbekistonda uni rivojlantirish yo‘llari haqida o‘zining tajribasiga asoslanib qimmatli ma’lumotlar berdi.

Xuddi shu kuni, “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida o‘tkazilgan innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida ham seminar-trening o‘tkazildi. Unda Universitet tayanch doktoranti Oybek Jumaboyev “Sinxron tarjimonlik faoliyatini tashkil etish” mavzusida seminar-trening olib borib, sinxron tarjima qilishdagi muhim jihatlar haqida yig‘ilganlarga bilimlarini bo‘lishdi.  Seminar davomida talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olish bilan bir qatorda sinxron tarjima qilish uskunalaridan foydalanib sohaga bo‘lgan qiziqishlarini yana bir karra oshirishdi.

photo_2023-12-14_13-15-39

14.12.2023, 13:18 383