Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Nogironlikni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari

Zamonaviy texnika davrida gadjetlarning qulay imkoniyatlaridan foydalanish ko‘proq samara beradi. Yangilanayotgan, ilmiy-texnika asri hisoblangan – XXI asrda ko‘zi ojizlar uchun qulay bo‘lgan audiodarsliklar yaratish kun tartibiga chiqmoqda.

Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 apreldagi “Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-209-son Qarori, 2021 yil 21 dekabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligiga ko‘maklashish hamda ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-57-son Qarori, shuningdek, 2022 yil 20 oktyabrdagi “O‘zbek imo-ishora tili va brayl alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 407-sonli Qarori ijrosini ta’minlash, inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yish va ularga kerakli shart-sharoitlar yaratish ishlarini samarali tashkil qilish bo‘yicha qator ko‘rsatmalarga muvofiq, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan ko‘zi ojiz va ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan talabalar uchun tarix fanidan mobil o‘quv ilovasini yaratish” amaliy loyihasi yakunlandi.

Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ilk marotaba yaratilgan ushbu audioqo‘llanma zaif ko‘ruvchilar uchun qulaylik yaratishi va internetsiz ham ishlatiladigan mobil ilova shaklida taqdim qilindi va HistoryUz nomi ostida Play Market da https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.hamroev.historyuz sahifasida e’lon qilindi.

25.09.2023, 13:07 696