Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Kampusdan tashqari ta’limga oid tadbirlar

2023-yilning 6-7-oktabr kunlari TOP-1000 (dunyodagi 19788 ta universitet ichida 496-o‘rin)ga kiruvchi Novosibirsk davlat universitetida (Rossiya Federatsiyasi) “O‘rganishning dolzarb masalalari” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjuman “Sharq mamlakatlari tarixi, xalqaro munosabatlari va madaniyati” kafedrasi tomonidan o‘tkazilib, unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreys filologiyasi kafedrasi professori N.D.Kim Oʻzbekistonda olib borilayotgan lingvistik tadqiqotlar haqida ilmiy maʼruza qildi. Bundan tashqari, prof. Kim N.D. “Koreyashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tahsil olayotgan 3-kurs talabalari uchun “O‘zbekistonda koreysshunoslik zamonaviy bosqichda” mavzularida ochiq ma’ruzalar o‘tkazildi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti”, “Koreys tili va koreys tilini o‘qitishda pedagogik texnologiyalar”, “Koreys tilini o‘rganishda til vaziyati. Lingvistik tadqiqotlar”, “Koreys tilshunosligi tadqiqotining dolzarb masalalari”, “Koreys tili va koreys madaniyatini o‘rganish.  Xalqaro yoshlar forumi” (O‘zbekiston koreys madaniyat markazlari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan).

photo_2023-10-12_11-19-25

12.10.2023, 11:20 371