Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Kampusdan tashqari ta’limga oid tadbirlar: Xitoy

2023-yilning 14-29 may kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika” kafedrasi stajor-o‘qituvchisi Kurolova Sayyora Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan “2023 Seminar on Chinese Language and Culture for Developing Countries” ingliz-xitoy tili xalqaro anjumanida ishtirok etdi. Bundan tashqari, S.Kurolova bir qator seminarlarda, jumladan, “Xitoy geografiyasi va Xitoy madaniyati” “Nanchang geografiyasi”, “Xitoy tarixi va kelib chiqishi”, “Konfutsy instituti”, “Xitoy rassomchiligi”, “Xitoy maqollari” va “Chinese Languege” seminarlarida ham ishtirok etdi.

2023 yilnning 28-may kuni S.Kurolova Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tgan “2023 Seminar on Chinese Language and Culture for Developing Countries” ingliz-xitoy tili xalqaro anjumanining yopilish marosimida o‘z nutqi bilan qatnashdi. Bu kabi tadbirlarda ishtirok etish orqali TDSHU o‘qituvchilari katta tajribaga ega bo‘lish bilan bir qatorda, dunyoda ta’limga oid qanday ishlar amalga oshirilayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘radilar va xalqaro hamkorlik aloqalariga ega bo‘ladilar hamda ta’lim sifatini oshrishga o‘z hissalarini qo‘shadilar.

photo_2024-04-19_12-34-17

19.04.2024, 12:35 51