Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Oliy tilshunoslik maktabi

BMTning 17ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlarining 16-yo‘nalishi “Tinchlik, adolat va samarali boshqaruv” yo‘nalishi doirasida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Oliy tilshunoslik maktabini ochish bo‘yicha universitet Jamoatchilik Kengashiga taklif berilgan.

Ushbu taklif bo‘yicha 2022-yil 4-oktabr sanasidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tilshunos doktorantlar va izlanuvchilar nazariy bilimlarini yanada chuqurlashtirish maqsadida Oliy tilshunoslik maktabi tomonidan nazariy-metodologik kurslar yo’lga qo’yildi. Kurslar sohaning eng yetuk mutaxassis-professorlari tomonidan har haftaning seshanba va shanba kunlari muntazam olib boriladi. Mazkur kursning tashkilotchilar TDSHUning “Nazariy va amaliy tilshunoslik” kafedrasi va Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limidir.

2022-yil 6-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida ilmiy yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda universitetning professor-o’qituvchilari va tilshunoslik yo’nalishida izlanish olib borayotgan bilim egalari ishtirok etishdi. Yig’ilishda asosiy masala universitetdagi nazariy va fundamental tilshunoslik yo’nalishlarini rivojlantirish va bu yo’nalishdagi yutuqli va kamchilik tomonlari ko’rib chiqildi. Yangi Oliy tilshunoslik maktabiga universitet tomonidan yaratib beriladigan imkoniyatlar xususida ham bir qator takliflar bildirib o’tildi. Oliy tilshunoslik maktabining asosiy maqsadi fanlararo tadqiqot ishlarini amalga oshirishdan iborat.

Oliy tilshunoslik maktabida quyidagi tilshunoslik fanlari yo‘nalishida darslar olib boriladi:

  1. “Sharq tilshunoslik an’analari” – 30 soat.
  2. “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari” – 20 soat.
  3. “Lingvistik tipologiya” – 30 soat.
  4. “Tilshunoslik tadqiqoti metodikasi” – 30 soat.

Tegishli fanlar bo’yicha kurslar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. “Ramziy antropologiya” – 10 soat
  2. “Madaniy antropologiya” – 10 soat.
  3. “Semiotika” – 10 soat.
  4. “Kundalik hayot sotsiologiyasi” – 24 soat.
  5. “Neyrolingvistika” – 10 soat.
  6. “Ijtimoiy lingvistika” – 10 soat.
  7. “Kompyuter tilshunosligi” – 20 soat.
  8. “Dissertatsiya tadqiqotining nazariy va amaliy asoslari” – 10 soat.

photo_2023-08-10_11-23-07

10.08.2023, 11:26 749