Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha xalqaro hamkorlik: Turkiya

1: 2023-yilning 19-21 oktyabr kunlari Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi dotsenti Ph.D. Dilshoda Mubarakova Turkiyaning Sakarya Universiteti tomonidan tashkil etilgan XV Xalqaro Dunyo Tili Turkcha konferensiyasida maqolasi bilan ishtirok etdi. Konferensiya davomida turk tilini o‘qitish, targ‘ib qilish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida bir qancha taklif va tavsiyalar berildi.

2: Turkiya Respublikasining Sivas Cumhuriyet universitetida 2023-yil 26-27-oktabr kunlari “Zamaxshariy barcha sohalar bilimdoni” Xalqaro Simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur Simpoziumda Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi katta o‘qituvchisi Ph.D. Laziz To‘rayev ham “Mahmud Zamaxshariy “Rabi’ al-abror” asarining boblari tahlili va uning tarkibi” nomli maqolasi bilan onlayn ishtirok etdi.

3: Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Turkiya Respublikasi tashkil topganining 100 yilligiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston – Turkiya munosabatlarining buguni va ertasi” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar so‘zga chiqib, davlatlarimizni azaliy do‘stlik va uyg‘un madaniy aloqalar bog‘lab turishini ta’kidladi.

Tadbirda professor Xayrulla Hamidovning “O‘zbek adabiyotidan tanlangan asarlar: Hikoyalar – she’rlar (antologiya)” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi. Kitobda taniqli o‘zbek adib va shoirlarining eng go‘zal asarlarining turkcha tarjimalari jamlangan.

Tadbirda shuningdek, O‘zbekiston – Turkiya munosabatlari rivojlanishiga doir ma’ruzalar tinglandi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs magistranti Arzu Karausta tomonidan tayyorlangan “Turkiya Respublikasining 100 yilligiga tarixiy nigoh” mavzuidagi videolavha namoyish etildi.

4: 2023-yilning 3-noyabrida TDSHU Turkshunoslik fakulteti dekani J.Shabanov hamda “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri Sh.Sodiqova universitetimizning xorijiy hamkorlaridan biri – Erzurum Otaturk universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga “Alisher Navoiy va o‘zbek tilshunosligi” mavzuida ma’ruza qildi. Ma’ruza so‘ngida qizg‘in bahs munozara bo‘ldi. Turkiyalik tinglivchilarning savollariga ma’ruzachi batafsil javob berdi.

photo_2023-12-29_11-18-32

29.12.2023, 11:19 256