Ta’lim sifati doirasida xalqaro ma’ruzаlar
TDSHU professor-o‘qituvchilari Butun jahon urdu tili konferensiyasida faol ishtirok etmoqda. Xususan, professor Muhayyo Abdurahmonova, dotsent Nilufar Xo‘jayeva hamda dotsent Sirojiddin Nurmatov mazkur xalqaro anjumanda ma’ruzalar bilan qatnashdilar.
Mazkur konferensiya ilmiy bilim almashinuvi, til va madaniyatlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda urdu tilini o‘rganish va tadqiq etish sohasida xalqaro tajribani kengaytirishga xizmat qiladi.
Ushbu tashabbus Sustainable Development Goal 4 maqsadlariga muvofiq bo‘lib, sifatli ta’limni rivojlantirish, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish va bilim almashuvini rag‘batlantirish orqali global ta’lim tizimining takomillashuviga hissa qo‘shadi.
https://tsuos.uz/en/tdshu-vakillari-xalqaro-konferensiyasida-ishtirok-etdi/