Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hindshunoslikka bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman

2022-yil 8-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Hindshunoslikning 75 yilligiga bag‘ishlangan “Markaziy va Janubiy Osiyo: Madaniyatlararo muloqot chorrahasida” deb nomlangan Xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Unda Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabhat janoblari, Hindiston, Pokiston, Niderlandiya, Singapur, Mavrikiya, Xitoy, Misr, Shvetsiya, Shri-Lanka, Rossiya, Ozarbayjon, Qozog’iston kabi xorijiy davlatlardan olimlar va sohaning yetuk vakillari ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston-Hindiston diplomatik aloqalari tarixi va rivoji, mazkur hamkorlikning kelajakdagi istiqbollari, siyosiy, iqtisodiy, ilm-fan sohalaridagi muhim masalalar muhokama qilindi. Toshkent davlat sharqshunoslik universitining Janubiy va janubi-sharqiy Osiyo tillari kafedrasining 75 yillik yubiley tadbiri doirasida tashkil etilgan mazkur anjuman ikki davlat tarixiy aloqalarining mustahkam ildizlarini yosh avlodga yetkazib berib, uni kelajakda mustahkamlashga xizmat qiladi.

photo_2023-08-10_11-19-58

10.08.2023, 11:21 476