Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Etno-tarixiy jarayonlar bo‘yicha xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

2023-yil 28-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi tomonidan “Markaziy Osiyo xalqlarining etno-tarixiy jarayonlari: kecha va bugun” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanning Markaziy Osiyo mintaqasida tarixning turli davrlarida kechgan etno-tarixiy jarayonlarni o‘rganish va erishilgan yutuqlarni ko‘rsatish, bugungi kun muammolari va istiqbol rejalarini belgilab olish, mintaqa tarixchi olimlari qarashlarida umumiy konsepsiyalarni shakllantirish hamda mintaqa etnografiyasi va etnologiyasining tarixshunoslik va manbashunoslik doirasida yoritishga qiziquvchi jahon davlatlarida faoliyat olib borayotgan soxa mutaxassislari bilan fikr almashish maqsadida tashkil etildi.

Konferensiyada 11 ta xorijiy mamlakatdan 26, mahalliy 74 jami 100 nafar ishtirokchi qatnashdi.

photo_2024-01-18_14-32-43

18.01.2024, 14:34 204