Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolarining stajirovkasi

2023-yil 28-sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalarida stajirovka o‘tab kelgan “Yosh sharqshunos diplomatlar” klubi a’zolari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 14-avgustdan 3-sentyabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasida, elchi ma’muriyati bo‘limida, elchi yordamchisi lavozimida amaliyot o‘tagan “Koreyashunoslik” fakulteti, 4-kurs “Siyosatshunoslik” ta’lim yoʻnalishi talabasi Dilmurodov Saidmurod qatnashdi. Amaliyot davomida elchi ma’muriyati, madaniy-gumanitar, siyosiy, konsullik, protokol bo‘limi kabi bo‘limlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bundan tashqari, tajribali diplomatlar bilan birgalikda oliy darajadagi uchrashuvlar tashkil etishda protokol masalalari bilan shug‘ullandi.

Turkshunoslik fakulteti, “Siyosatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Abdusattorova E’zozabonu ham 2023-yilning 14-25-avgustda O‘zbekiston Respublikasining Turkiya Respublikasi Anqara shahridagi Elchixonasidagi amaliyoti o‘tagan va tadbir davomida bu haqda gapirib berdi. E.Abdusattorova amaliyot davomida Elchixona faoliyati (siyosiy yo‘nalish, iqtisodiy diplomatiya, konsullik ishi, madaniy-gumanitar faoliyat, ta’lim va boshqalar) bilan yaqindan tanishdi. E.Abdusattorova Elchixona va boshqa tashkilot va idoralar tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlarda ishtirok etib, ushbu tadbirlar bo‘yicha bir nechta axborot materiallarini tayyorladi va ular “Dunyo” axborot agentligiga yuborildi.

2023-yilning 14-26-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchixonasida diplomatik amaliyot o‘tagan “Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti siyosati va turizmi” fakulteti, “Siyosatshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Quchqorov Ma’ruf ham tadbirda qatnashdi. Amaliyoti davomida M.Qo‘chqorov Elchixona tomonidan iqtisodiy diplomatiya yo‘nalishida olib borilayotgan, jumladan, investisiyalarni jalb qilish, eksport hajmini oshirishga qaratilgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi. Elchixonaning eksportchibay ishlash usulini o‘rgandi va uning ijrosida bevosita ishtirok etdi. Shuningdek, Elchixona konsullik bo‘limining funksional vazifalari kundalik faoliyatini hamda Eronda vaqtincha va doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari “vatandoshlar” bilan ishlashni o‘rgandi. U Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga tashrif buyurib, Tashkilot faoliyati va jamoasi bilan yaqindan tanishdi.

Tadbir so‘nggida talabalar mazkur mavzuda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

photo_2024-01-18_12-48-41

18.01.2024, 12:49 639