Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUning tarjimon-volontyor talabalari

2022-yilning 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ochiq muloqot maydon sifatida O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyati xalqaro sarmoya va ishbilarmon doiralarga taqdim etilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. Forum O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga kirishdan manfaatdor bo‘lgan yirik xorijiy investitsiyaviy, moliya-iqtisodiy tashkilotlar va kompaniyalar rahbarlarini jalb etishga qaratildi. Toshkent xalqaro investitsiya forumi mamlakat ishbilarmonlik muhitining yangi tendensiyalarini oʻrganish, Oʻzbekiston tadbirkorlarining keyingi avlodini shakllantirish va rivojlantirishda faol ishtirok etishga koʻmaklashish, va Markaziy Osiyo bozorlariga kirish uchun boshlangʻich nuqtaga aylanish imkoniyatlarini yaratdi. Ushbu forumda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari tarjimon volontyor sifatida ishtirok etdilar va universitet tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlanib, tegishli tartibda 1 oylik stipendiya miqdorida rag‘batlantirildilar.

photo_2023-07-13_16-36-45

13.07.2023, 17:41 652