Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

“Kelajakka qadam” loyihasi doirasidagi uchrashuv

2025-yil 18-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida “O‘zmilliybank” AJ vakillari ishtirokida bitiruvchi kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu tashabbus BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 8 – yoshlar bandligini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va munosib ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.

Tadbir davomida biznes g‘oyalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan talabalarga loyihalarni moliyalashtirish tartibi, mavjud imkoniyatlar hamda bank tomonidan tavsiya etilgan namunaviy biznes loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bu jarayon yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirildi.

Shuningdek, “O‘zmilliybank” AJ vakillari tomonidan bank tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari e’lon qilinib, bitiruvchilarga ishga kirish uchun qo‘yiladigan talablar hamda hujjat topshirish bosqichlari haqida tushuntirish berildi. Bu esa yoshlarning mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qildi.

Mazkur uchrashuv bitiruvchilarning bandligini oshirish, ularni tadbirkorlik va ish bilan ta’minlash imkoniyatlari bilan tanishtirish hamda iqtisodiy faolligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

17.06.2026, 11:43 14

    WordPress Lab Real Estate Apartment Manager Real Estate Portal for WordPress Real Estate Pro – WordPress Plugin Real Estate WordPress Theme Real Expert – Responsive Real Estate and Property Listing WP Theme Real Homes – Real Estate Sale and Rental WordPress Theme Real Physical Media: Physical Media Folders & SEO Rewrites in WordPress Real Spaces – WordPress Real Estate Theme Real Voice - AI Text to Speech Plugin for WordPress RealAcre – Real Estate & Property FSE WordPress Theme