Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hududiy Kengashda saylangan TDSHU a’zolari

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar hududiy Kengashining konferensiyasida TDShU yoshlar ittifoqi BT Kengashining 5 nafar faollari delegat sifatida ishtirok etdilar.

Konferensiya ishi davomida Toshkent shahrining 2017-2022-yillardagi faoliyati yuzasidan amaldagi Kengash raisi hisobotini eshitdilar va o’zlari tomonidan amalga oshirgan ishlar yuzasidan hisobot berdilar hamda taklif va tavsiyalarni muhokanaga qoydilar.

OʻzYI Toshkent shahar hududiy Kengashining 5 kishidan iborat taftish-nazorat komissiyasi tuzildi. Mazkur kommisiya tarkibida TDShU yoshlar yetakchisi Komiljon Suyarov ham ushbu 5likdan joy oldi.

OʻzYI Toshkent shahar hududiy Kengashi tarkibini saylandi. Mazkur 31 kishilik tarkibda TDSHUdan K.Suyarov va S.Bahodirovalar ham joy oldi hamda o‘z takliflari bilan ishtirok etdilar.

OʻzYI Toshkent shahar hududiy Kengashiga rais saylash jarayonida muzokara va ovoz berishlar natijasiga koʻra, TDSHUdan Anvarov Shukrulloxon Maqsudxonovich OʻzYI Toshkent shahar Kengashi raisi etib saylandi.

OʻzYIning Qurultoyida ishtirok etadigan delegatlarni saylash kabi masalalar koʻrib chiqildi. Mazkur qurultoyda TDShU yoshlar yetakchisi Komiljon Suyarov OʻzYI Qurultoyida delegat sifatida ishtirok etdi.

photo_2023-09-28_12-52-54

28.09.2023, 12:53 452