Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Motivatsion uchrashuv

2023-yil 12-sentabr kuni Mahatma Gandi hindshunoslik markazida TDSHUning Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyo tillari kafedrasi tomonidan hindshunos bitiruvchilar bilan yoshlarning kelajakda yaxshi kasb egalari bo‘lib yetishishlari maqsadida motivatsion uchrashuv tashkil etildi. Unda talabalar TDSHU hindshunos bitiruvchilari “O‘zbekiston Havo yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati marketing bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Mirsaidov va “O‘zbekiston Havo yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati marketing bo‘limi mutaxassisi Sunnatulla Goipov bilan uchrashdilar. Uchrashuvda hindiy tilini o‘rganayotgan barcha yo‘nalish talabalari ishtirok etdi va ularga hind tilini o‘qish yoshlarga qanday imkoniyatlar taqdim etishi, “O‘zbekiston Havo yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining faoliyati, kompaniyaga qanday ishga kirish mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Uchrashuv yakunida esa faol talabalar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

photo_2024-02-07_14-42-31

07.02.2024, 14:44 205