Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Mening startap loyiham

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida 2023-yil 29-sentabr kuni “Mening startap loyiham” inkubatsiya dasturi doirasida motivatsion uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda spiker sifatida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Bank-moliya akademiyasi MBA bitiruvchisi “Andijan Group” MCHJ boshqaruv kengashi a’zosi, “Intellect Construction” IT va media maktabi rahbari Tuxtasinov Nurillo ishtirok etdi. U o‘z ma’ruzasida shaxsiy erishgan yutuqlari, startap ning qiyinchiliklari va ularni bartaraf etishda amalga oshiriladigan innovatsion usullar haqida ma’ruza qildi. Ma’ruza so‘ngida, talabalar startap loyihalar bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

photo_2024-01-18_11-58-09

18.01.2024, 11:59 209