Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbek tili bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan, Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talaba-yoshlar o‘rtasida “Oʻzbek tili — qalbim tarjimoni” tanlovi o‘tkazildi.

2023-yilning 18-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida mazkur tanlovning yakuniy bosqich 3-sharti o‘tkazilib, g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy natijaga ko‘ra:

1-o‘rin – Ruka Vatanabe (Yaponiya) Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi;

2-o‘rin – Maehwa Gong (Janubiy Koreya) Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabasi;

3-o‘rin – Adnan Hussain (Pokiston) Andijon davlat tibbiyot instituti talabasi g‘olib deb topildi.

Ular I, II, III darajali diplom, bazaviy hisoblash miqdorining 40/30/20 baravari miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ishtirokchilar “Eng yaxshi o‘zbek tili targ‘ibotchisi”, “O‘zbek tili – qalbim g‘ururi”, “Men o‘zbek tilini yaxshi ko‘raman” nominatsiyalari va rag‘batlantiruvchi mukofotlar bilan e’tirof etildi.

photo_2023-12-14_13-12-59

14.12.2023, 17:39 385