Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

XXR da qayta tayyorlash kursi

2024-yilning 2-yanvar kunidan e’tiboran, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professor-o‘qituvchilari va universitet qoshidagi akademiy litsey o‘qituvchilari Xitoy Xalq Respublikasining Xinjiang pedagogika universitetida maxsus ikki xaftalik qayta tayyorlash kurslarida malaka oshirdilar.

Shu yilning 16-yanvar kuni ushbu maxsus ikki xaftalik qayta tayyorlash kurslari o‘z nihoyasiga yetib, TDSHU ning professor-o‘qituvchilari va universitet qoshidagi akademiy litsey o‘qituvchilari sertifikat va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Mazkur qayta tayyorlash kurslarida o‘qigan professorlar endilikda TDSHU da orttirilgan tajriba hamda bilimlarini talabalar bilan baham ko‘radilar va bu ta’lim sifatini oshirishda o‘z samarasini beradi.

photo_2024-02-07_14-34-23

06.03.2024, 18:34 195