Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “18- dekabr – Xalqaro arab tili kuni”ga bag‘ishlangan ilmiy-ma’rifiy tadbir

TDSHUda “18- dekabr – Xalqaro arab tili kuni” munosabati bilan “Arab filologiyasi” hamda “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedralari professor-o’qituvchilari, magistrantlari va talabalari tomonidan “O‘zbekistonda arabshnoslik: tarix, bugun va kelajak” mavziuda ilmiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar va turizm qo‘mitasi raisi R.Alimov, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Falastin, Ummon Sultonligi, Jazoir kabi Arab davlatlarining O‘zbekistondagi Favkulodda va Muxtor elchilari hamda elchixona vakillari universitetga tashrif buyurdilar.

Tadbir doirasida universitet talabalari tomonidan bajarilgan arab yozuvi xattotlik san’ati hamda ijodiy ishlar namunalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Shuningdek, universitet talabalari jahon ilm-fani ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan allomalar timsolida rol ijro etib, arab tili bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini namoyish qilishdi. Arab tilida mahorat bilan sahnalashtilgan spektakl ham, universitetimiz talabalarinig arab tilini bilish darajasini ko‘rsatib berdi.

Tadbir nihoyasida so‘zga chiqqan Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Falastin, Ummon Sultonligi, Jazoir kabi Arab davlatlarining O‘zbekistondagi Favkulodda va Muxtor elchilari hamda elchixona vakillari talabalarning til bilish darajasi yuqori baholab, yaqin kelajakda TDSHU hamda Arab mamalakatlari ilg‘or OTM o‘rtasida akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qildilar.

photo_2023-07-19_13-11-48

19.07.2023, 13:15 535