Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Emek Ushenmezning ilmiy-nazariy seminarlari

2023-yil 15-fevral va 3-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq mamlakatlar adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasi va Turkiyaning hamkor bir qator universitetlari bilan tashkil qilingan “Adabiyotshunoslik oyligi” turkumida Turkiyaning Istanbul universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Emek Ushenmezning “Alisher Navoiy asarlarining Britaniya kutubxonasidagi miniatyurasiga oid qarashlar” va “Ikkinchi jahon urushi yillarida Oybek ijodi” mavzularida ochiq ma’ruzalari bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzalar davomida olim Emek Ushenmez Alisher Navoiyning dunyo kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo‘lyozmalari, ularning sharxlari va zamonaviy o‘zbek adabiyotining atoqli vakili Oybek ijodi haqida ma’lumotlar berdilar. Shuningdek, Turkiyadagi Navoiyshunoslik bo‘yicha qilinayotgan tadqiqotlar va Oybek ijodi bilan bog‘liq o‘z tadqiqot natijalari bilan bo‘ldilar.

photo_2024-04-08_11-01-24 photo_2024-04-08_11-01-29

 

08.04.2024, 11:02 66