“Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” ilmiy-amaliy konferensiyasi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “O‘zbekiston–Malayziya Yoshlar Festivali” doirasida “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida SDG 16 – tinchlik, bag‘rikenglik, ijtimoiy hamjihatlikni mustahkamlash hamda samarali institutlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Ilham Tuah bin Illias ishtirok etdi. Konferensiya davomida globallashuv sharoitida yoshlarning ma’naviy qadriyatlari, huquqiy ongini rivojlantirish, madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Mazkur ilmiy-amaliy muloqot yoshlar orasida bag‘rikenglik, fuqarolik mas’uliyati va qonun ustuvorligi tamoyillarini shakllantirishga xizmat qilib, tinch va barqaror jamiyat qurishda muhim ahamiyat kasb etdi.
