Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Umumiy sport inshootlari

Sport inshootlarini mahalliy hamjamiyat bilan baham ko’ring, masalan, mahalliy maktablar yoki keng jamoatchilik bilan.

TDShU sog’liqni saqlash va salomatlik siyosati doirasida o’quvchi yoshlarning sog’lom turmush tarzini tashkil etish borasida bir qator sport bilan shug’ullanish imkoniyatlari yaratilgan. Xususan, ham universitet binosida hamda talabalar turar joyi binosida talabalar bo’sh vaqtlarini maroqli va samarali tashkil etish maqsadida sport zal tashkil etilgan. Unda barcha qulayliklar yaratilgan bo’lib, talabalar istagan vaqtlarida undagi barcha qulayliklardan foydalanib sport bilan shug’ullanishlari mumkin. Tennis, basketbol, volleybol, badiiy gimnastika va bir qator sport sohalarida o’quvchilar shug’ullanishlari uchun trener biriktirib qo’yilgan. Talabalar o‘rtasida sportning futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, yengil atletika va stol tennisi bo‘yicha “Rektor kubogi”, “Sport-salomatlik garovi” shiori ostida yosh o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida sport musobaqalari jumladan, fitness, aerobika va sheyping, stol tennisi har yili ommalashtirib boriladi, talabalar turar joyida o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida fakultetlararo spartakiada o‘tkaziladi. Undan tashqari, talabalar jismoniy faolligini oshirish maqsadida universitetda talaba va fakultetlar orasida turli sport musobaqalari o’tkazilib turilib, mezbonlik qilinadi. Xususan, yosh talabalarning sportga va sog‘lom hayot tarziga qiziqishini orttirish va bunga chaqirish maqsadida sharqshunos talabalarning “Koʻklam festivali” doirasida “Universitetda marafon” nomli yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi.

 Yigitlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan marafonda quyidagi oʻrinlar qayd etildi:

  • 1-oʻrin: Esonov Otabek – Kechki va sirtqi boʻlim;
  • 2-oʻrin: Obidov Bilol – ShMIST fakulteti;
  • 3-oʻrin: Gulboyev Salohiddin – Yaponshunoslik fakulteti.

Qizlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan marafonda quyidagi oʻrinlar qayd etildi:

  • 1-oʻrin: Sobirova Mohichehra – Turkshunoslik fakulteti;
  • 2-oʻrin: Moyedinova Gulmigorxon – Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti;
  • 3-oʻrin: Baxtiyorjonova Zumradxon – Yaponshunoslik fakultetiphoto_2023-09-14_17-08-38

14.09.2023, 17:12 730