Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda “Innoweek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o’tkaziladi

10.10.2023, 15:40 E'lonlar 423

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida joriy yilning 16-20-oktabr kunlari eng yirik innovatsion tadbir “Innoweek.uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tadi.

Bu yilgi haftalik “Kreativ ta’lim va innovatsiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” mavzusida o‘tkaziladi.

Haftalik davomida

✅ Innovatsion ishlanmalar ko’rgazmasi
✅ Startaplar tanlovi
✅ Turkiyalik professor bilan uchrashuv
✅ Kreativ ta’lim mahorat darslari
✅ Yosh akademiklar forumi
✅ “Sharqshunos tahlilchilar” kitoblar taqdimoti

kabi tadbirlar Sizni kutmoqda, o‘tkazib yubormang!