Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga O’zbekistonning XXRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi tashrif buyurdi

26.12.2022, 15:01 Yangiliklar 907

Joriy yilning 24- dekabr sanasida TDSHUga O’zbekistonning XXRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Farhod Arziyev tashrif buyurib, TDSHU Xitoyshunoslik fakultetining yangi binosida soha mutaxasslari ishtirokida hamkorligidagi vazifalar muhokamasi yuzasidan davra suhbati bo’lib o’tdi.

IMG_8561

Uchrashuv davomida universitetda xitoyshunos kadrlarni tayyorlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar, tajrimonlar bilan hamkorlikdagi yangi loyihalar, O’zbekistonning XXRdagi elchixonasi hamda TDSHU hamkorligida ta’sis etilayotgan O’zbek-Xitoy ilmiy tadqiqot markazi faoliyati doirasida qo’shma loyihalarni amalga oshirish, xalqaro jurnalistika talabalariga xitoylik mutaxassislar mahorat darslarini tashkil etish kabi qator masalalarda fikr almashinildi. Shuningdek, xitoyshunos olimlar, tarjimonlar, talaba va tadqiqotchilar faoliyatini qo’llab-quvvatlash yuzasidan takliflar bildirildi.

IMG_8430

Tadbir davomida TDSHU dotsenti, YUNESKO tashkilotining Xitoy Xalq Respublikasi Gansu provinsiyasi assotsiatsiyasining Oʻzbekistondagi ta’lim masalalari boʻyicha maslahatchi Hasanova Feruza Mirzabekovna O’zbekistonning XXRdagi elchixonasi tomonidan ikki mamlakat o’rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo’lidagi xizmatlari uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

IMG_8533

Shuningek, O’zbekistonning XXRdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Farhod Arziyevga TDSHU xitoyshunos olimlari tomonidan ularning mazkur sohadagi oxirgi yangiliklar hamda dolzarb muammolar tahliliga bag’ishlangan so’nggi yillarda nashr etilgan kitoblari sovg’a qilindi.

IMG_8840

Tadbir so’ngida, O’zbekiston hamda Xitoy davlatlari o’rtasidagi ilmiy-madaniy aloqalarni rivojlantirish yo’lida hamkorlikda qator ishlarni amalga oshirish hamda mazkur sohada tadqiqotlar olib borishga kelishib olindi.