Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU xalqaro grant sovrindorlarining taqdirlash marosimi

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Koreya fondi bilan hamkorlikda imzolangan shartnomasiga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilida Koreya Respublikasining “Korea Foundation” fondi tomonidan koreys tili, adabiyoti, iqtisodi, tarixi va siyosati bo‘yicha yosh tadqiqotchi va magistrantlar uchun tanlov e’lon qilingan edi.

2022-yilning 21-fevral kuni Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasida mazkur xalqaro grant sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi ikkinchi kotibi Ko Gyon Nam, maslahatchi Kuk Chan Hyon, Koreya tarixi va madaniyati kafedrasining Koreya fondi volontyor o‘qituvchisi Choy So Yong hamda doktorant va magistrantlar ishtirok etishdi.

TDSHUning 10 nafar talabalari Koreya fondining 31 900 AQSH dollari miqdoridagi xalqaro grantini yutib oldilar. Xalqaro grant sohiblariga Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Kuk Chan Hyon tomonidan sertifikat hamda stipendiyalar topshirildi.

photo_2023-07-04_12-20-55

04.07.2023, 16:02 588