Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Chirchiq shahridagi 18- umumiy o‘rta taʼlim maktabiga TDSHU o‘qituvchilarining tashrifi

BMTning 17ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlaridagi “BRM 4 – Ta’lim Sifati” doirasida 2022-yil 23-may kuni TDSHUning “Xitoy filologiyasi” kafedrasi professor o‘qituvchilari filologiya fanlari nomzodi, professor A.Karimov, filologiya fanlari doktori (DsC) J.Ziyamuxamedov, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) F.Xasanova va o‘qituvchi D.Raxmatullayevalar Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabiga tashrif buyurdilar.

Maktabda ta’lim sifatini  oshirish, o‘quvchilar bilimini yanada rivojlantirish hamda o‘qituvchilarning kasb-malaka mahoratini takomillashtirish maqsadida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining “Xitoy filologiyasi” kafedrasi filiali ish boshladi. Maktabga kafedra professor-o‘qituvchilari nashr etgan kitoblar taqdim etildi. Xitoy tili bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat uyushtirildi. Kelgusida taʼlim sifatini oshirish va yuqori natijalarga erishish yo‘lida ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

photo_2023-08-04_22-01-00

04.08.2023, 22:03 594