Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Baxtli oila sari

2023-yil 27-noyabr kuni TDShU ustozlari hamda talabalari uchun “25-noyabr Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish Xalqaro kuni” munosabati bilan  “Baxtli oila sari” mavzusidagi psixologik trening o‘tkazildi.

Unda nizolarni bartaraf etish yo‘llari, baxt formulasini yaratish, tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish omillari kabi masalalar muhokama etilishi bilan bir qatorda hayotiy misollar orqali tahlil qilindi.

Shu bilan birga tadbirda “Biz xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz” mavzusidagi tanlov g‘oliblari munosib taqdirlanishdi.

photo_2023-12-29_11-31-41

29.12.2023, 11:32 251