TDSHU arabshunos-talabalari Qatarda stajirovka oʻtamoqda
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Qatar universiteti oʻrtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, TDSHU Arabshunoslik oliy maktabi 3-kurs talabalari Abdukarimov Otabek va Sobirjonov Davronjon arab tilidan stajirovka oʻtash uchun Dohaga jo’nab ketdilar.
Ushbu stajirovka, yoshlar uchun xalqaro madaniyat va til oʻrganish imkoniyatlarini kengaytirish, bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda oʻzbekistonlik yoshlarning global miqyosda faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.
