TDSHU professor-o‘qituvchilari Yashnobod tumanidagi 204-maktabga tashrif buyurdilar
2025-yil 29-noyabr kuni “G‘arb tillari” kafedrasi o‘qituvchilari S. Saidakbarova, Sh.Xamrabayeva, L.Artikova. M.Razzaqov, Sh. Bekmuratova, G. Kuryozova, M Nasretdinova, I. Jalolovalar, Z. Mirabdullayevalar bitiruvchi sinflarga universitet, universtet taʼlim yo’nalishlari, talabalari faoliyati, karyeradagi o’sishlar, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidagi imkoniyatlari, ilmiy faoliyati va salohiyati haqida abituriyentlarga to’liq maʼlumot berish maqsadida Toshkent shahridagi Yashnobod tumanidagi 204-maktabga tashrif buyurdilar.
Katta hayotga qadam qo‘yish arafasida turgan bir guruh yoshlar bilan ularning kelajakdagi rejalari va maqsadlari haqida, bu jarayonda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ularga katta imkoniyatlar eshigini ochishi haqida qizg‘in suhbat olib borildi, savollarga javob berildi. Suhbat jarayonida faol ishtirok etgan o‘quvchilar kitoblar bilan taqdirlandilar.
