Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU professor-o‘qituvchilari Yashnobod tumanidagi 227-maktabga tashrif buyurdilar

2025-yil 13-dekabr kuni “G‘arb tillari” kafedrasi o‘qituvchilari Z.Abidova, D.Maqsudova, D.Maratova, D.Komilova, H.Shernazarova, M.Bahrombekova,  L.Artikova, X.Toshovalar  bitiruvchi sinflarga  universtet taʼlim yo‘nalishlari, talabalari faoliyati, karyeradagi o‘sishlar, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidagi imkoniyatlari, ilmiy faoliyati haqida abituriyentlarga to‘liq maʼlumot berish maqsadida Yashnobod tumanidagi 227-maktabga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida kafedra o‘qituvchilari direktor S. To‘raxonova va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Musurmonova bilan suhbatlashib, maktabdagi o‘quvchilar kontingenti, ixtisoslashtirilgan sinflar faoliyati va o‘qitiladigan fanlar haqida batafsil ma’lumot oldilar. 11-sinf o‘quvchilari bilan ularning kelajakdagi rejalari va maqsadlari haqida, bu jarayonda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ularga katta imkoniyatlar eshigini ochishi haqida qizg’in suhbat olib borildi, savollarga javob berildi.

18.06.2026, 12:52 123