TDSHU professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi 59-maktabga tashrif buyurdilar
2025-yil 1-dekabr kuni Xitoyshunoslik oliy maktabi dotsentlari L.A.Sultanova, N.A.Rasuleva Toshkent shahridagi 59-maktabga tashrif buyurib, 10-sinf o’quvchilari bilan qiziqarli suhbat tashkil etdilar. Tadbirning maqsadi o‘quvchilarda xitoy tiliga qiziqishni oshirish, Sharq tillarini o‘rganishning ahamiyati va kelajakda ushbu tilning imkoniyatlari haqida tushuncha berishdan iborat bo‘ldi. Suhbat jarayonida xitoy tilini o‘rganishning istiqbollari, xususan, ta’lim, biznes, diplomatiya va turizm sohalarida ushbu tilning ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Xitoyshunoslik oliy maktabidagi talabalarga yaratilgan sharoitlar va xalqaro almashinuv dasturlari haqida ham o‘quvchilarga tanishtirildi. Tadbir yakunida maktab ma’muriyati universitet o‘qituvchilariga tashakkurnoma bildirib, kelgusida hamkorlik aloqalarini davom ettirishga kelishib olindi.