TDSHU professor-o‘qituvchilari 59-maktabga tashrif buyurdilar.
2025- yil 21-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Xitoyshunoslik oliy maktabi dotsenti U. Mavlyanova Toshkent shahridagi 59-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilarga xitoy tili fanidan amaliy mashg‘ulot o‘tkazdi.
Dars jarayonida o‘quvchilar xitoy tilidagi salomlashish, o‘zini tanishtirish va kundalik muloqot iboralari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, o‘qituvchi xitoy xalqining urf-odatlari, madaniy qadriyatlari hamda o‘zbek va xitoy xalqlari o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi.
Darsning asosiy maqsadi — maktab o‘quvchilarida xorijiy tillarga, xususan xitoy tiliga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni yangi bilim va ko‘nikmalar bilan boyitishdan iborat bo‘ldi.
