TDSHU professor-o‘qituvchilari Yashnobod tumanidagi 1- va 2-son sport maktablariga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 28-martdagi topshiriqlari hamda Prezident Administratsiyasining 2025-yil 13-fevraldagi 03-RA/1-2208/5-sonli qarorida belgilangan “Yoshlar o‘rtasida ilm-fanni ommalashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Sharq sivilizatsiyasi va falsafa fakulteti, Markaziy Osiyo xalqlari tarixi kafedrasi tomonidan navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi.
Tadbir doirasida kafedra o‘qituvchilari — Shosaidov Anvar Soatovich va Turdixo‘jayeva Mahliyo — Yashnobod tumanidagi 1- va 2-son sport maktablariga tashrif buyurib, o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun seminar-trening mashg‘ulotlarini o‘tkazdilar.
Shuningdek, 1-son sport maktabi direktori Usmanov Navruz Iskandarovich bilan uchrashuv o‘tkazilib, maktab va universitet o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
