TDSHU professor-o‘qituvchilari Sharqshunoslik akademik litseyiga tashrif buyurdi
2025-yil 28-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Janubiy Osiyo tillari va adabiyoti oliy maktabi vakillari – dotsent K. Rahmatjonova va katta o‘qituvchi U. Zokirova – Sharqshunoslik akademik litseyiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda litsey o‘quvchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hindiy va urdu tillarining istiqbollari, ularni chuqur o‘rganish afzalliklari va bu sohada mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, universitetda ta’lim olish tartibi, grant va kontrakt asosida o‘qishga kirish shartlari, yaratilgan sharoitlar hamda xorijiy hamkorlik dasturlari tanishtirildi.
O‘quvchilarning savollariga javob berilib, kasb tanlash bo‘yicha foydali maslahatlar berildi. Tashrif yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
