Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU volontyorlari Uzbekistan Open turnirida

2023-yilning 13-17-sentabr kunlari Toshkent shahrida Kikboksing sport turi bo‘yicha “Uzbekistan Open” III Xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Xalqaro turnirda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 9 nafar talabasi volontyor-tarjimon sifatida ingliz, rus, arab, fors, koreys, xitoy, yapon kabi tillar bo‘yicha ishtirok etdilar. Bu kabi volontyorlik ishlari talabalarning kelajak hayotida o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatib, xalqaro tajribaga hamda xalqaro aloqalarga ega bo’lishiga yordam beradi. Xalqaro turnir o‘z nihoyasiga yetgandan so‘ng, hamma volontyorlar universitet tomonidan faxriy yorliqlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

photo_2024-02-07_14-44-53

07.02.2024, 14:46 159