Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Sirdaryo viloyati maktablariga tashrif

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “G‘arb tillari” kafedrasi o‘qituvchilari 2022 yil 12-may sanasida katta o‘qituvchi M.E.Habibullaeva., N.T. Yergesheva, Z.T.Jabborova, M.X.Nosirova, M.Xodjaxanov, D.Maratova, M.Nasretdinova, Y.Nurmatov, N.B.Toshnazarovlar Sirdaryo viloyatining 7, 40, 41, 42, 43 sonli maktablariga tashrif buyurdilar. Tashrif jarayonida ingliz tili o‘qituvchilari va bitiruvchi o‘quvchilari uchun CEFR va Multi level imtihonlariga oid seminar va mahorat darslarini olib bordilar. Shuningdek, 11 sinf o‘quvchilari uchun bilimlarni aniqlash maqsadida ingliz tilida test o‘tkazildi. Hamda o‘qituvchilarga mo‘ljallangan “Blum taksonomiyasi”, “Shadowing Imitation” texnikasi, grammatik mavzular asosida interfaol mashg‘ulotlar olib borildi.

photo_2023-08-21_19-27-52

21.08.2023, 19:30 566