Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Xalqaro tanlov g‘olibi

Koreya Respublikasining Jeju milliy universiteti tomonidan har yili xalqaro darajadagi koreys tili mutaxassislari o‘rtasida “Notiqlik san’ati” tanlovi o‘tkaziladi. Bu tanlov g‘oliblar uchun Koreya Respublikasidagi turli xil grant loyihalarida imtixonsiz ravishda qabul qilinishini ta’minlaydi.

Koreya fondi tomonidan “Koreys tili o‘qituvchilarining yangi avlodi uchun 3-intensiv trening” loyiha dasturida qatnashish uchun Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Koreys filologiyasi” kafedrasining o‘qituvchisi Hidoyatova Aziza 2022-yil 29-avgustdan 7-dekabrgacha bo‘lgan davr mobaynida o‘z malaka oshirdi. 2022-yil 8-oktabrda yigirma bir davlatdan tashrif buyurgan yosh o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Notiqlik san’ati” tanlovda Aziza Hidoyatova ham faxrli uchinchi o‘rinni egalladi va Jeju milliy universitetining malakali koreys tili notiqlari uchun tayyorlangan maxsus sertifikatiga ega bo‘ldi.

photo_2023-08-07_13-00-23

07.08.2023, 13:01 558