Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Erkin Vohidov Ijod maktabiga tashrif

09.12.2019, 16:14 Yangiliklar 2409

9-dekabr kuni ToshDSHI rektori, Oliy Majlis senati a’zosi Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi sharqshunos, navoiyshunos professor-o‘qituvchi olimlar, ijodkorlar Erkin Vohidov Ijod maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif doirasida ToshDSHI professor-o’qituvchilari Ijod maktabi o’quvchilariga soha mutaxassislari sifatida mahorat darslari o’tib, qizg‘in ilmiy-ijodiy jarayon adabiy-badiiy tadbirga ulandi hamda imzolangan ikki tomonlama hamkorlik memorandumi doirasida ilmiy-uslubiy, ijodiy yo‘nalishlarda tajriba almashish, arab, fors va turk tillari o‘qitilishi bo‘yicha dastur va qo‘llanmalar yaratish va, eng asosiysi, Ijod maktablari uchun Adabiyot qoidalari maxsus darsligini yaratish masalalarida o‘zaro hamkorlikka kelishib olindi. Sharqshunoslik instituti ustozlari tomonidan ma’naviy xazina-kitoblar maktab kutubxonasiga taqdim etildi. Maktab ma’muriyatining ma’lum qilishicha, bu xayrli va tarixiy kunda sharqshunos bo‘laman deya orzu qilgan o‘quvchilar Sharqshunoslik institutining tirik “Oltin Fondi” bilan yuzlashish va ular bilan jonli muloqotda bo’lish baxtiga muyassar bo‘ldilar.

Ushbu tashrif asnosida tamal toshi qo‘yilgan o‘zaro hamkorlik aloqalari davomida bu kabi bardavom uchrashuvlar va o‘zaro hamkorlikdagi samarali loyihalar mazkur Ijod maktabi o‘quvchilarini o’z orzulari tomon yanada ilhomlantiradi va shijoat bilan kelajak sari intiltiradi deya umid qilamiz.

photo_2019-12-11_13-40-33 photo_2019-12-11_13-40-39 photo_2019-12-11_13-40-42 photo_2019-12-11_13-40-46 photo_2019-12-11_13-40-50 photo_2019-12-11_13-40-52 photo_2019-12-11_13-40-58 78889177_2463311147051251_5728227054093074432_o 79526688_2463311020384597_1176762760692760576_n 79739674_2463311090384590_2142290014631886848_o