Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ertangi kun bizniki, marra bizniki

21.08.2016, 12:52 Yangiliklar 4074

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darsilari” bo‘lib o‘tdi.

Darsni Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari Mavrulov Abduhalil Abdulxayevich olib bordi. Dars davomida A.A.Mavrulov talaba-yoshlarga O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov haqida gapirar ekan, eng avvalo ular boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar, barcha sohalarda o‘tkazgan islohotlari va oqilona olib borgan siyosatlari to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘tdi. Yigirma besh yil mobaynida mamlakatni tinch-osoyishtaligini saqlagan holda, el-yurt manfaati yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelganliklari taxsinga sazovordir. Eng ahamiyatlisi barchani ruhlantirib ertangi kunga ishonch hissini uyg‘otdilar. Yoshlarimizning ilm olishlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berdilar. Erishilgan ulkan yutuqlar natijasida qisqa vaqt ichida O‘zbekiston dunyoga tanildi va keng jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bularning bari yurtboshimizning tinimsiz qilgan say-harakatlari natijasidir. Dars so‘ngida talaba-yoshlar e’tiboriga O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” nomli film namoyish etildi.

O‘zbekiston Respublikasiniig birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darsilari” institutning barcha fakultetlarida o‘tkazilmoqda.

 

MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT BO‘LIMI