Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

E’tirof

18.09.2020, 21:56 Yangiliklar 2050

Oxirgi ikki o‘quv yili davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasi talabalariga og‘zaki fors tilidan saboq berib kelayotgan eronlik mutaxassis- Muhammad Rizo Asloniyga universitet rahbariyati nomidan tashakkurnoma taqdim etildi.

TDSHU xalqaro ishlar bo‘yicha prorektori Maxmudov Elyor Azimovich eronshunos talabalarimizning kelajakda tarjimonlik va mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashlarida Muhammad Rizo Asloniyning tajribasi va fors tilini o‘qitishdagi ko‘magi alohida ekanligini ta’kidladi.

2020-2021 o‘quv yilida “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasida Muhammad Rizo Asloniy bilan birga Erondan taklif etilgan yana ikki nafar volontyor professor-o‘qituvchi o‘z faoliyatini olib boradi. Uch nafar eronlik mutaxassislarning bir vaqtda “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasi o‘quv jarayoniga jalb etilishi bu kafedraning tarixida kuzatilayotgan ilk holat bo‘lib, talabalarimizning kelajakda kasbiy faoliyati va kuchli mutaxassis bo‘lib yetishishlariga o‘zining ijobiy hissasini qo‘shadi.