Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Fors Koʻrfazi mintaqasi yosh tahlilchilar nigohida

12.12.2021, 00:51 Yangiliklar 4002

2021-yil 11-dekabr kuni TDSHUda “Sharqshunos tahlilchilar” intellektual klubi tashabbusi bilan “Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz mintaqasi: yangi imkoniyatlar, muammolar va istiqbollar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida klub aʼzolari tomonidan Koʻrfaz mintaqasining geosiyosiy ahamiyati, mintaqalararo transport yoʻlaklari hamda Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo va Koʻrfaz mintaqalarini oʻzaro bogʻlashdagi tashabbuslari mazmun-mohiyati, har tomonlama hamkorlik masalalari va mavjud muammolar yuzasidan qiziqarli maʼruzalar tinglandi.

6

Shu bilan birga, maʼruzachilar tomonidan bildirib oʻtilgan fikr va mulohazalar soha ekspertlari tomonidan ilmiy tahlil etildi hamda tegishli tavsiya va xulosalar keltirildi.

Taʼkidlash joiz-ki, ushbu dolzarb mavzuning talabalar nigohida oʻrganilishi nafaqat ularning ilmiy salohiyati oshishiga, balki siyosiy voqeliklarni toʻgʻri baholash va muammolarni obyektiv mushohada etishga chorlaydi.

5

Anjuman yakunida muhoka etilgan masalalarga taalluqli maqolalarni Sharq mamlakatlarining rivojlanishini tadqiq etish ilmiy-tahlil markazining maxsus byulletinida nashr etishga kelishib olindi.

TDSHU Matbuot xizmati

    WordPress Lab AWSM – One Page CV / Resume & Personal Portfolio WordPress Theme Awwa – Portfolio WordPress Theme Axial – Construction Company Elementor Template Kit Axios – Digital Agency WordPress Theme Axole – Creative Agency & Portfolio WordPress Theme Axolot – IT Startup & Technology Services WordPress Theme axsis – App Landing WordPress Theme Ayo – Responsive Elementor WooCommerce Theme Ayoo – Beauty Salon Services Elementor Template Kits Ayro – Tech Startup WordPress Theme