Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Fors tilini chet elliklarga o‘qitish: CEFR talablari asosida” mavzuida malaka oshirish oyligi boshlandi.

11.07.2020, 17:31 Yangiliklar 2491

Bugun, 11-iyul sanasidan boshlab, “Eron-afg‘on filologiyasi” va “Mumtoz filologiya va adabiy manbashunoslik” kafedralari professor-o‘qituvchilari uchun Eronning “Alloma Tabotaboiy” universiteti tomonidan “Fors tilini chet elliklarga o‘qitish: CEFR talablari asosida” mavzuida malaka oshirish oyligi boshlandi.

Bu malaka oshirish kursi 11-23-iyul kunlari onlayn shaklda bo‘lishi rejalashtirilgan.

Unda fors tilini o‘qitishda CEFR talablari: o‘qish, yozish, gapirish, eshitish ko‘nikmalarini talabalarda shakllantirish va dars jarayonida ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo‘riqlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilarga yo‘llanmalar beriladi. Onlayn sharoitda fors tilini o‘qitish bo‘yicha xorij, xususan, Eron tajribasi o‘rganiladi va talabalarning mustaqil ta’limini shakllantirilishi uchun safarbar etiladi.

O‘quv kursi yakunida darsda to‘liq qatnashgan va saralash imtihonlaridan muvaffaqqiyatli o‘tgan kafedraning professor-o‘qituvchilariga sertifikat taqdim qilinishi ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, bu onlayn o‘quv kursi Universitetimiz va Eron Islom Respublikasi ta’lim tizimi hamkorligida ikkinchi bor tashkillashtirilmoqda.

photo_2020-07-11_16-47-32