Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Fuqarolar faolligining eng muhim generatori nima?

15.09.2021, 22:15 Yangiliklar 1354

Jamiyatning yetarli axborot bilan ta’minlanganligi va faolligi o‘sha davlatdagi faoliyat odamlarning hayot tarzini yaxshilash, xalq turmushi farovon bo‘lishiga yo‘naltirilganligining muhim belgisi hisoblanadi. Chunki aynan farovon hayotga erishishda aniq maqsadlar bo‘lishi, unga erishish uchun esa qanday yo‘l tutishni aniqlashga tayanch bo‘ladigan tahliliy-qiyosiy axborotlarga ega bo‘lishimiz muhim. Bu axborotlardan aniq maqsadlar yo‘lida foydalanish aynan taraqqiyotga xizmat qiladi.

❗️Bugun jamoatchilikka tegishli bo‘lgan har qanday axborotni sir tutishning iloji yo‘q. Bunga jamiyatimizdagi huquqiy mexanizmlar ham yo‘l qo‘ymaydi.

Fuqarolar faolligini oshirishdagi muhim generator – oshkoralik va ochiqlik bor joyda, albatta, fikrlar xilma-xilligi mavjud bo‘ladi. Muhimi – asosli fikrlash, ob’yektiv, xolis baholash, qonunlarimizni hurmat qilish va ularga rioya etish, befarq bo‘lmaslik va saylovda faol qatnashish, kelajak uchun albatta o‘z ovozimizni berishimiz zarur!

TDSHU rektori Gulchehra Rixsiyeva

Maqolaning to’lliq shaklini quyidagi havola orqali o’qishingiz mumkin👇🏻

https://uza.uz/uz/posts/fuqarolar-faolligining-eng-muhim-generatori-nima_302159