Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hamkorlik davom etadi

24.11.2018, 13:19 Yangiliklar 2409

2018-yilning 23-noyabr kuni TDSHI “Tarix va falsafa fakulteti” dekan muovini Narimonov Diyorbek va fakultet Yoshlat ittifoqi BT yetakchi Jabborov Muhriddin boshchiligida faollardan iborat guruh Zangiota tumanidagi  7-umumiy o‘rta ta’lim  maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida 8-9-10  sinflar o’quvchilari bilan  O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan “Konstitutsiya – taraqqiyotning mustahkam huquqiy poydevori” mavzusida suhbat o‘tkazildi Shuningdek, sharqshunoslik sohasiga qiziqqan o’quvchilar uchun sharq tillari va madaniyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi.

Ma’lumot uchun Zangiota tumanidagi  7-umumiy o‘rta ta’lim  maktabida hozirgi kunda 465 nafar, uning filialida esa 115 nafar  o’quvchi ta’lim oladi.

 

33 34

 

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi