Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Handong universiteti professorlaridan ma’ruzalar

11.01.2019, 16:43 Yangiliklar 2229

2019-yilning 11-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Koreya Respublikasining Handong universitetidan professorlar, tadqiqotchilar va talabalardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Institut rahbariyati bilan o’tkazilgan uchrashuvda ikki OTM o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolanib, unga ko’ra 2018-yilda ochilgan hamda Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan Koreyashunoslik fakultetini rivojlantirish, qo’shma o’quv dasturlarini ishlab chiqish, professor-o’qituvchilar, talabalar uchun almashinuv dasturlarini yo’lga qo’yish, hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib olindi.
Uchrashuvdan so’ng Handong universitetining professorlari Jongchul Rhee hamda Sangwha Lee institutning Koreyashunoslik fakulteti talabalariga ma’ruzalar o’qidilar. Professor Rhee “Koreya iqtisodiyotining taraqqiyoti: asosiy omillar. Ta’lim va ITTKI (ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari)ning roli (Korean economy development: key factors. The role of education and R&D) mavzusidagi ma’ruzasida mamlakat iqtisodiyotning rivojlanish bosqichlari haqida gapirib o’tdi. O’tgan asrning o’rtalarida dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridan biri bo’lgan Koreya Respublikasining iqtisodiy tarraqqiyotida hukumat tomonidan olib borilgan islohotlarning roli, sanaotlashuv siyosatining ahamiyati, fan, ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot ishlariga berilgan e’tiborning samarasi haqida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, mamlakat rivojida muhim iz qoldirgan davlat rahbarlari, yirik tadbirkorlar haqida ham ma’lumotlar tadqim etildi.
Bugungi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan sanaluvchi Janubiy Koreyaning YaIM hajmi (2017) 1531 mlrd.AQSH dollarini, XQP ko’ra aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM hajmi 35 ming AQSH dollaridan ko’pni tashkil etadi. Mamlakat Global innovatsiyalar indeksi 2017-yil reytingida 127 davlat ichidan 11-o`rinni, Bloomberg innovatsiyalar indeksida bir necha yillardan beri 50 ta mamlakat ichidan 1-o`rinni egallab kelmoqda. Koreya Respublikasida mamlakat YaIMning 4.23 foizi ITTKIga yo`naltirilmoqda va bu ko`rsatkich bo`yicha mamlakat dunyoda 2-o`rinni egallaydi. ITTKIni moliyalashtirishda biznes va tadbirkorlik subyektlarining ulushi yuqori bo`lib, ularga ITTKI umumiy xarajalarining 74.5 foizini to’g’ri keladi. Bu kabi yutuqlar esa mamlakatda olib borilgan islohotlarning, koreys xalqining samarador mehnati natijasi sanaladi. Handong universiteti professorining ta’kidlashicha hozirda mamlakat iqtisodiyoti oldida ikta muhim vazifa turibdi: yoshlar bandligini ta’minlash hamda biznesning yangi yo’nalishlarini rivojlantirish. Bu vazifalarning bajarilishi yoshlarning o’z iqtidorlarini rivojlantirish va namoyon etishga imkon yaratib, innovatsion faoliyatni yanada jadallashtiradi.
Handong universiteti professori Sangwha Lee zamonaviy bosqichda, jahon iqtisodiyotida raqamlashtirish, avtomatlashtirish jarayonlari jadallashayotgan bir sharoitda, kelajak mutaxassislari ega bo’lishi lozim bo’lgan sifatlar, kelajak kasblari haqida ma’ruza qildi. Professorning ta’kidlashicha, bugungi kunda, Koreya Respublikasida vazifasini o’z vaqtida a’lo darajada bajarayotgan, hamkasblari bilan do’stona munosabatni yo’lga qo’ygan xodimlar yaxshi ishchilar sanaladi. Ammo ishlab chiqarishning avtomatlashuvi, texnika va texnologiyalarning hayotmizdagi rolining yildan-yilga oshishi natijasida, kelajakda insonlar va robotlar o’rtasida ish o’rinlari uchun raqobat albatta vujudga keladi. Bu o’rinda raqobatbardosh hodim bo’lish uchun insonda 3 sifat, kuch bo’lishi kerak: yaratuvchanlik kuchi (creativity power), muammoni aniqlash va uni hal eta olish kuchi (problem identifying and solving power), qayta tiklana olish, chidamlilik kuchi (resilience power). Bu kabi sifatlarga ega bo’lish uchun tanqidiy fikrlash (critical thinking) muhim bo’lib, doimo inson nega? nima uchun? qanday qilib? degan savollarni berishi, ularga javob topishga intilishi kerak. Bu kabi sifatlarga ega insonalar esa mamlakat taraqqiyotida muhim sanaluvchi konstruktiv inson kapitalini shakllantiradi.
Umuman olganda Handong universitetining tajribali, nafaqat Koreya Respublikasi, balki jahon miqyosida faoliyat ko’rsatgan professorlari tomonidan olib borilgan ma’ruzalar talabalarda katta qiziqish uyg’otib, Janubiy Koreya iqtisodiyoti haqida ko’proq ma’lumot olish, raqobatbardosh kadr bo’lib yetishish borasida kerakli maslahatlarni qo’lga kiritish imkoniyatini yaratdi.

IMG_0517 IMG_0525IMG_0540 IMG_0544 IMG_20190112_174415_636