Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Hayot o‘z maromiga qaytdi

06.07.2022, 13:31 Yangiliklar 231

Qoraqalpog‘istonda bo‘lib o‘tgan voqealarni O‘zbekiston o‘zining aholisi uchun ayniqsa yoshlari uchun, xavfsiz va har bir fuqoroning farovon hayoti uchun siyosat olib borayotganligini amalda tasdiqladi. Shu o‘rinda bir holatni alohida ta’kidlamoqchi edim, sodir etilgan noqonuniy namoyishlarga, buzg‘unlik ishlariga yoshlarni jalb qilishga bo‘lgan harakatlarni guvohi bo‘ldik. Bu jarayonda ayrim yoshlar ishtirokining va berilganligining asosiy sababi, bir tomondan tushunmasdan va bilmasdan qo‘shilib qolgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan soxta axborotlarni tarqatishning sinalgan texnologiyalaridan, internet va ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatidan foydalanganligidir. Buni turli nomlar bilan aytishadi, ayrim siyosatchilar va mutaxassislar gibrid urushi, ayrimlari axborot bilan ta’sir etish, bir guruhi rangli inqilob deyishadi. Nomlari turli xil bo‘lishiga qaramay buzg‘unchi kuchlar aniq maqsadni ko‘zlab, aholi o‘rtasida qarama – qarshilikni bir biroviga nisbatan dushmanlik hissini keltirib chiqarish, orqali jamiyatni parokanda qilish, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan bunyodkorlik siyosatiga bo‘lgan ishonchni susaytirish, O‘zbekistonning hududiy yaxlitligiga putur yetkazishdan iboratligini sezish ochiq namoyon bo‘ldi.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan siyosiy – huquqiy qaror va 2-iyuldagi murojaatidan keyin vaziyat barqarorlashdi, hayot o‘z maromiga qaytdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, davlat rahbari ta’kidlaganidek, asrlar davomida o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasida shakllangan tarixiy do‘stlik va qardoshlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat, og‘izbirchiligimizni asrab-avaylash, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik muhitini saqlash – barchamizning burchimizdir. “Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonni albatta birgalikda quramiz!». Shuningdek tinchlik va osoyishtalik, jamoat xavfsizligini buzishga urinayotgan har qanday shaxslarga nisbatan qonun doirasida qat’iy choralar ko‘riladi.O‘zbekistonda “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan qoidani amalda ta’minlash uchun barcha kuch va imkoniyatlar yetarli.

 Jo‘rayev S.A.

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.

    Spelling error report

    The following text will be sent to our editors: