Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

HELVON UNIVERSITETI VA TDSHU TALABALARI ALMASHUVI BOSHLANADI

06.02.2023, 13:26 Yangiliklar 2485

2023- yilning 4- fevral kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi delegasiya Misr Arab Respublikasining Helvon universitetiga tashrif buyurdi va ikki universitet o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish borasida muzokaralar o‘tkazdi.

photo_2023-02-05_23-59-23

Muzokaralar chog‘ida TDSHU va Helvon universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi dasturini ishlab chiqish va o‘zaro muvofiqlashtirish, hamkorlikda qo‘shma ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirish, har ikki universitet professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot natijalarini birgalikda e’lon qilish borasida fikr almashildi. Uchrashuv so‘ngida arab tilini o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojning ortishi, sifatli ta’limni ta’minlashga qaratilgan, ayniqsa, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda TDSHU va Helvon o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolandi. Shuningdek, o‘zaro hamkorlik qilish chora tadbirlarini o‘z ichiga oluvchi “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olindi.

photo_2023-02-06_13-21-44
Endilikda arabshunos talabalar Helvon universitetiga qisqa muddatli – 1 semestrlik va 1 o‘quv yiliga o‘qishga borishlari mumkin bo‘ladi.

photo_2023-02-05_23-59-44
Eslatib o‘tamiz, 2022- yilning iyul oyida TDSHUning 7 nafar talabasi MARning aynan mazkur nufuzli universitetda amaliyot o‘tkazgan edi. TDSHU rektori talabalarimizni mamnun bo‘lib qaytganlarini ta’kidlab, juda foydali dasturlarni tashkil etib berganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

photo_2023-02-06_13-21-33

    WordPress Lab TownPress – Municipality & Town Government WordPress Theme Toyup – Kids Toys Store WooCommerce WordPress Theme Tozen – Personal WordPress Blog Theme tPlayer – Audio Player for WordPress TrackAlyzer – Analytics & Custom Tracking Code for WooCommerce TrackTruck – Freight Brokerage and Logistics Company WordPress theme Tractor – Industrial & Manufacturing WordPress Theme Tracyle - Waste Management & Recycling Service Elementor Template Kit Transcargo - Transportation WordPress Theme for Logistics Transfers – Transport and Car Hire HTML Template