HEYDAR ALIYEV XALQARO TA’LIM GRANTI — 2026/2027
Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda Fan va ta’lim vazirligi tomonidan “Heydar Aliyev – International Education Grant Program” xalqaro ta’lim grant dasturi e’lon qilindi.
Mazkur dastur xorijiy fuqarolarning Ozarbayjon Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
📌 Grant haqida
🔹 Grant boshlanishi: 2026/2027 o‘quv yilidan
🔹 Davomiyligi: har yili, 5 yil davomida
🔹 Grantlar soni: yiliga 100 ta
Grant quyidagi ta’lim darajalari uchun taqdim etiladi:
• 🎓 Bakalavriat
• 🩺 Umumiy tibbiyot
• 🎓 Magistratura
• 🏥 Tibbiy rezidentura
• 🔬 Doktorantura (PhD)
🌍 Kimlar uchun?
Dastur quyidagi davlatlar fuqarolari uchun mo‘ljallangan:
• Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar;
• Qo‘shilmaslik harakatiga a’zo davlatlar;
• Kichik orol rivojlanayotgan davlatlar;
• Ozarbayjon bilan umumiy madaniy, etnik va tarixiy aloqalarga ega davlatlar.
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ham dasturda ishtirok etish uchun belgilangan talablarga muvofiq ariza topshirishlari mumkin.
💰 Grant nimalarni qoplaydi?
Grant g‘oliblariga quyidagi xarajatlar qoplab beriladi:
✅ O‘qish (kontrakt) to‘lovlari;
✈️ Xalqaro aviaqatnovlar;
💵 Oylik stipendiya/to‘lov;
🏥 Tibbiy sug‘urta;
🛂 Viza va ro‘yxatdan o‘tish xarajatlari.
https://www.studyinazerbaijan.edu.az/financial-support