Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Hindshunoslikni rivojlantirishdagi samarali mehnat e’tirof etildi

17.02.2023, 13:53 Yangiliklar 2141

BRM 17

TDSHUning hindshunoslaridan iborat delegatsiya Fijida bo‘lib o‘tayotgan «XII Butunjahon hindiy tili konferensiyasi»da ishtirok etishmoqda. Quvonarlisi shundaki, bugun ushbu konferensiyada Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti «Tarjimashunoslik va Xalqaro jurnalistika» kafedrasi mudiri, PhD dotsent Nilufar Xodjayeva O‘zbekistonda hindiy tilining rivojiga qo‘shgan va qo‘shayotgan hissa uchun «Wishva Hindi Samman» mukofoti bilan  taqdirlandi.  Mukofotni Hindiston tashqi ishlar vaziri va Fiji Respublikasi Bosh vaziri taqdim etdi.

Taʼkidlash joizki, aynan ushbu mukofot bilan 1999-yili Angliyada bo‘lib o‘tgan «VI Butunjahon hindiy tili konferensiyasi»da mashhur diplomat va hindshunos olim Fotih Teshaboyev, 2003-yili Surinamda bo‘lib o‘tgan «VII Butunjahon hindiy tili konferensiyasi» da O‘zbekistonda  hindshunoslik ravnaqiga salmoqli hissa qo‘shgan yirik hindshunos olim, professor Ozod Shomatov hamda 2007-yili AQShda bo‘lib o‘tgan «VIII Butunjahon hindiy tili konferensiyasi»da hindshunos olima, professor Ulfat Muhibovalar ham taqdirlanganlar.  Universitetimiz jamoasi hindshunos olima Nilufar Xodjayevani ushbu mukofot bilan taqdirlanganligi  bilan samimiy qutlaydi.

    WordPress Lab Cleanox – Laundry Service Elementor Template Kit Cleansee – Cleaning Service Elementor Template Kit ClearView – Eyeglasses & Eyewear Store WooCommerce Ele…or Template Kit Cleener – Cleaning Services WordPress Theme Clenix – Cleaning Services WordPress Theme Cleniz – Cleaning Services Elementor Template Kit Clentac – Cleaning Services WordPress Theme Clevehouse – Smart Home Automation Elementor Template Kit Clever Course – Education / LMS WordPress Clever Viewer – Before After Plugin for WordPress