Doktorantura
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDA DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL QILISHNING ASOSIY SHARTLARI
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimi https://daraja.ilmiy.uz/ orqali amalga oshiriladi.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilinayotgan magistr yoki mutaxassislik dasturlari boʻyicha (1997-yilgacha) olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlish, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajaga ega boʻlganlar mutaxassisligi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosligi tegishli boʻlgan fan sohasiga muvofiq boʻlishi shart. Fan sohalari mos kelmaganda yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda fanning turdosh sohalari boʻyicha ilmiy daraja olish rejalashtirilganda talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) belgilagan fanlar boʻyicha qoʻshimcha imtihonlar topshirishi lozim.
DOKTORANTURAGA QUYIDAGILARGA EGA BOʻLGANLAR QABUL QILINADI:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy darajalar;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan soʻng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar toʻplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʻlish.
QUYIDAGI HUJJATLAR TOPSHIRADI:
- Biografik maʼlumotnoma;
- Oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi;
- Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchtamaqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkita ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislar), shuningdek ularning nusxalari;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari.
TAYANCH DOKTORANTURAGA QUYIDAGILARGA EGA BOʻLGANLAR QABUL QILINADI:
magistr darajasiga yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) ega boʻlganlar;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʻlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ikkitadan kam boʻlmagan ilmiy ishlar toʻplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʻlganlar.
QUYIDAGI HUJJATLAR TOPSHIRADI:
- Biografik ma’lumotnoma;
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bittamaqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadankam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislar), shuningdek ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
- Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikat.
MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QUYIDAGILAR RASMIYLASHTIRILADI:
- magistr yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi (ixtisoslik boʻyicha) diplomga ega boʻlganlar;
- belgilangan ilmiy maqolalariga ega boʻlganlar;
Mustaqil izlanuvchilikka kiruvchi shaxs quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
– bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish, (Mustaqil izlanuvchi (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
– muayyan ilmiy yutuqlarga, fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan (ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta (Mustaqil izlanuvchi DSc uchun 3 ta) ilmiy maqolaga, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida
2 ta tezisga ega bo‘lish;
Quyidagi hujjatlar topshiradi:
- Ish joyidan tavsifnoma;
- Ma’lumotnoma;
- Ilmiy ishlarning elektron nusxasi.
Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutiga qabul qilinayotgan magistr yoki mutaxassislik dasturlari boʻyicha (1997-yilgacha) olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomga ega boʻlish, fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda ilmiy darajaga ega boʻlganlar mutaxassisligi oliy taʼlimdan keyingi taʼlim ixtisosligi tegishli boʻlgan fan sohasiga muvofiq boʻlishi shart. Fan sohalari mos kelmaganda yoki oliy taʼlimdan keyingi taʼlimda fanning turdosh sohalari boʻyicha ilmiy daraja olish rejalashtirilganda talabgorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (keyingi oʻrinlarda OAK deb ataladi) belgilagan fanlar boʻyicha qoʻshimcha imtihonlar topshirishi lozim.