Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

HURMATLI ABITURIENTLAR VA OTA-ONALAR!

28.07.2023, 16:34 E'lonlar 1255

       O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JORIY YIL AVGUST OYIDA HAM HAVO O‘TA ISSIQ BO‘LISHINI INOBATGA OLIB OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TASHABBUSI BILAN TOSHKENT SHAHRI VA VILOYATLARDAGI  OLIY TA’LIM MUASSASALARI 2023/2024 O‘QUV YILI UCHUN OLIY TA’LIM MUASSASALARINING BAKALAVRIATIGA QABUL QILISHDA TEST SINOVLARI O‘TKAZILADIGAN KATTA SIG‘IMLI BINOLARGA BIRIKTIRILDI.

       HOZIRGI KUNDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI TEST SINOVLARI O‘TKAZILADIGAN KATTA SIG‘IMLI BINOLARDA ABITURIENTLAR VA OTA-ONALAR UCHUN QUYIDAGI QULAY SHAROITLARNI JADALLIK BILAN YARATMOQDALAR:

  1. Test o‘tkaziladigan har katta sig‘imli bino o‘lchamlaridan kelib chiqib, sovutish moslamalari bilan jihozlanmoqda.
  2. Katta sig‘imli binolar peshtoqlari, kirish qismlari, sanitariya gigiyena xonalari ta’mirlanib, ish holatiga keltirilmoqda.
  3. Katta sig‘imli binolar abituriyentlar uchun qulay parta va stullar bilan jihozlanmoqda.
  4. Katta sig‘imli binolar ichki devorlariga abituriyentlarga motivatsiya beradigan targ‘ibot materiallari joylanmoqda.
  5. Katta sig‘imli binolarga tutash hududlar obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
  6. Katta sig‘imli binolarga tutash hududlarda sanitariya gigiyena nuqtalari, xojatxonalar tashkil etilmoqda.
  7. Katta sig‘imli binolarga kirish joylarida abituriyent ruxsatnomasini chop etish va abituriyentlarning telefonlari hamda shaxsiy buyumlarini saqlab turish maskanlari tashkil etilmoqda.
  8. Har bir katta sig‘imli bino oldida ota-onalar dam olishlari uchun salqin mikroiqlim o‘rnatilgan va suv purkaydigan ventilyatorlar qo‘yilgan “Otaonalar maydonchalari” tashkil etilmoqda.
  9. “Ota-onalar maydonchalari”ga yetarli miqdorda qulay  stullar, skameykalar, tapchanlar qo‘yilmoqda.
  10. “Ota-onalar maydonchalari” va abituriyentlarning katta sig‘imli binolarga kirish qismlarining usti quyosh nurini to‘suvchi yashil to‘rlar bilan qoplanmoqda.
  11. “Ota-onalar maydonchalari”ga katta o‘lchamli ekranlar o‘rnatilib, abituriyentlarning test topshirish jarayoni onlayn translyatsiya qilinadi.
  12. “Ota-onalar maydonchalari” va ularga tutash hududlarda salqin ichimliklar va yengil yeguliklar savdo nuqtalari tashkil etiladi.
  13. Test jarayonlari davrida “Ota-onalar maydonchalari”ga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalarining volontyorlar guruhlari ota-onalarga yordam berishadi, ularning savollariga javob berishadi, muammolarini o‘rganadilar, so‘rovnomalar o‘tkazishadi.
  14. Test jarayonlari davrida “Ota-onalar maydonchalari”da oliy ta’lim muassasalarining musiqiy va teatr dastalarining chiqishlari tashkil etiladi, rektorlar va yetakchi professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlar tashkil etiladi.

photo_2023-07-28_16-42-38 photo_2023-07-28_16-42-43 photo_2023-07-28_16-42-46 photo_2023-07-28_16-42-48

photo_2023-07-28_19-10-07 photo_2023-07-28_19-10-29 photo_2023-07-28_19-10-32 photo_2023-07-28_19-10-36 photo_2023-07-28_19-10-47 photo_2023-07-28_19-10-52 photo_2023-07-28_19-10-57 photo_2023-07-28_19-11-06 photo_2023-07-28_19-11-10 photo_2023-07-28_19-11-16 photo_2023-07-28_19-11-19 photo_2023-07-28_19-11-28

Mazkur ishlar test kunlari boshlanguncha yakunlanadi va umidvormizki, abiturientlar va ota-onalarni noqulay ob havo sharoitining nojo‘ya ta’siridan saqlash uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar test jarayonlarini qiynalmay o‘tkazishga yordam beradi.

Hurmatli ota-onalar! Sizlardan test kunlari o‘tkaziladigan so‘rovnomalarda faol qatnashib, ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangiliklarga o‘z munosabatlaringizni bildirishni va mavjud muammolar haqida xabar berishingizni so‘rab qolamiz.

Aziz abiturientlar, Sizlarga test sinovlaridan o‘tib olib oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabalari safidan joy olishingizni  tilayman!

 

Hurmat bilan,

Rektor                          professor Gulchehra Shovkatovna Rixsiyeva